Aholini toza ichimlik suv bilan ta`minlash

 

    Inson salomatligi va xavfsizligi uchun eng muxim masala boʼlgan markazlashgan ichimlik suv taʼminoti boʼyicha katta ishlarni amalga oshirishimiz, buning uchun bu yunalishda bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur.

 

    Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxshilash boʼyicha dasturiy vazifalarni amalga oshirish orqali aholining ichimlik suvi taʼminoti 90 foizga yetkaziladi.

 

    Ushbu maqsadlarda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

 

  • suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy islohotlar olib boriladi;

     

  • ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish, yangilarini qurish, eskirganlarini modernizatsiya qilish boʼyicha manzilli dastur, loyihalar ishlab chiqilishi, ularni izchillik bilan roʼyobga chiqarish orqali shahar va tumanlarning ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tizimi taʼminoti yaxshilanadi;

     

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda suvni chuchuklashtiruvchi lokal qurilmalar barpo etish orqali olis qishloq joylarda suv taʼminoti sezilarli darajada yaxshilanadi;

     

  • ichimlik suvi taʼminoti loyihalarida bozor mexanizmlarini joriy etishga, loyiha tashabbuskorining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar suv hisoblagichlarning oʼrnatilishi natijasida suv resurslaridan samarali foydalanishga erishiladi;

     

  • oqova suvlarni tozalash inshootlarining samaradorligi past boʼlgan hududlarda, jumladan Аngren, Guliston, Samarqand, Jizzax, Urganch, Nukus, Аndijon, Chirchiq va Toshkent shaharlaridagi oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda yangilarini qurish choralari koʼriladi.
birds birds