Suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish

   Suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy islohotlar olib boriladi;

 

  • ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish, yangilarini qurish, eskirganlarini modernizatsiya qilish boʼyicha manzilli dastur, loyihalar ishlab chiqilishi, ularni izchillik bilan roʼyobga chiqarish orqali shahar va tumanlarning ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tizimi taʼminoti yaxshilanadi;

     

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda suvni chuchuklashtiruvchi lokal qurilmalar barpo etish orqali olis qishloq joylarda suv taʼminoti sezilarli darajada yaxshilanadi;

     

  • ichimlik suvi taʼminoti loyihalarida bozor mexanizmlarini joriy etishga, loyiha tashabbuskorining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar suv hisoblagichlarning oʼrnatilishi natijasida suv resurslaridan samarali foydalanishga erishiladi;

     

  • oqova suvlarni tozalash inshootlarining samaradorligi past boʼlgan hududlarda, jumladan Аngren, Guliston, Samarqand, Jizzax, Urganch, Nukus, Аndijon, Chirchiq va Toshkent shaharlaridagi oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda yangilarini qurish choralari koʼriladi.

     

   Respublikamizdagi mavjud barcha inshootlar texnik va texnologik jihatdan aholidan kelayotgan maishiy chiqindi suvlarni tozalashga moʼljallangan. Korxonalardan oqizilayotgan chiqindi suvlar esa birlamchi lokal inshootlarda tozalanib, soʼng oqava suv tarmoqlariga tashlanishi meʼyorlarda belgilangan. Аfsuski, bu meʼyorlarga ishlab chiqarish korxonalari deyarli amal qilmaydi. Misol tariqasida Chirchiq oqava suvlarni tozalash inshootidan daryoga oqizilgan "rangli suv", bir qarashda aybdor aniq. Biroq, ikkinchi tomondan, bunday "rangli suv" tozalash inshootiga qaerdan kelib qoldi, degan savol tugʼilishi tabiiy.

birds birds