Orol muammosini salbiy oqibatlarini yumshatish

   Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali Orolboʼyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratamiz.

 

Buning uchun:

 

  • Orol muammosini hal etishga hamda bu muammoning Orolboʼyi aholisi genofondiga va atrof-muhitiga salbiy taʼsirini yumshatishga jamiyatning barcha kuchlarini jalb etish hamda Orolboʼyi mintaqasiga ekologik innovatsiya va texnologiyalarni tatbiq etish ishlarini kuchaytirish;

     

  • qishloq xoʼjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali Orolboʼyi hududiga Аmudaryoning yuqori va oʼrta qismidan yiliga kamida 5-6 km3 hajmda suv yuborilishini taʼminlash;

     

  • Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Moʼynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida “yashil belbogʼlar” barpo etish hamda mazkur hududlardagi istirohat bogʼlari maydonlarini kengaytirish;

     

  • Orolboʼyi hududining Qozogʼiston hamda Turkmaniston bilan tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;

     

birds birds