Yashil iqtisodiyotga o‘tish

   Oʼzbekiston Ekologik partiyasi “Yashil taraqqiyot – farovonlik asosi!” shiori ostida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish gʼoyasini ilgari surmoqda.

 

   Xabaringiz bor, jahonning eng ilgʼor mamlakatlari “yashil” iqtisodiyotga oʼtish ishlarini allaqachon boshlab yuborgan. Chunki dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab boʼlmas ekologik falokatlar va atrof muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlar mana shuni taqozo etadi. Oʼzbekiston 2019 yilda “yashil iqtisodiyot”ga oʼtish strategiyasi”ni qabul qildi. Tahlillar shuni koʼrsatmoqdaki mamlakatda uglerod sarfini keskin kamaytirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ekologik toza va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish boʼyicha koʼrilayotgan choralar yetarli emas.

 

Ushbu gʼoyani amalga oshirishda ustuvor vazifalar etib quyidagilar belgilangan:

  • davlat byudjeti, bank va moliya institutlari, xususiy sektor mablagʼlarini ekologik toza, energiya tejamkor loyihalarni amalga oshirishga yoʼnaltirilgan “yashil” moliyalashtirish tizimini rivojlantirish;

     

  • davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlarga ustuvorlik berish;

     

  • “yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish hajmlarini oshirish, sanoat korxonalarini “yashil” texnologiyalarga oʼtishini iqtisodiy va moliyaviy ragʼbatlantirish tizimini joriy etish;

     

  • tarmoqlar va hududlarning “yashil iqtisodiyotga oʼtish indeksi”ni ishlab chiqish;

     

  • mamlakat iqtisodiyotida “yashil” iqtisodiyot ulushini 30 foizga yetkazish, shu asosda yillik iqtisodiy oʼsish surʼatini 7 foizdan yuqori boʼlishini taʼminlash;

     

  • qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanishga oʼtish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya ishlab chiqaruvchilarga keng iqtisodiy va moliyaviy ragʼbatlantirish tizimini joriy etish;

     

  • davlat tomonidan “yashil” ish oʼrinlarini yaratishni qoʼllab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy malakali kadrlarni tayyorlash;

     

   Biz “yashil” iqtisodiyot tamoyillari asosida mamlakatni jadal rivojlantirishga keng tadbiq etishning qayta tiklanuvchi va muqobil energiya huquqiy asoslarini ishlab chiqish hamda tejamkor sugʼorish texnologiyalarini keng joriy etish choralarini koʼramiz. Bu esa mamlakat miqyosida asosiy turdagi qishloq xoʼjaligi mahsulotlari hosildorligini oʼrtacha 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi.

 

   Iqtisodiyotda ikki karra energiya samaradorligiga erishish, “yashil” tariflarni joriy etish, yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali. qayta tiklanuvchi va muqobil qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini bugun mamlakatda amal qilayotgan umumiy energiya balansida 40 foizga yetkazish imkoniyatiga ega boʼlamiz.

 

   Ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish, yaʼni dunyo miqyosida tobora global muammoga aylanayotgan maishiy va sanoat chiqindilarini tartibga solish.

 

   Sanoat korxonalarida yiliga oʼrtacha 109,0 mln. tn sanoat chiqindilari hosil boʼladi, bugungi kunda ularning 6,5 mln. tn., yaʼni 6 foizigina qayta ishlanmoqda.

 

   Sanoat chiqindilardan 91,5 mln. tn.si, yaʼni 84 foizi Navoiy va Toshkent viloyatlarida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari hissasiga toʼgʼri keladi.

 

   Mavjud 9,5 ming ga maydondagi 75 ta sanoat chiqindi poligonlarida 3,3 mlrd. tn. sanoat chiqindilari saqlanmoqda.

 

   Soʼnggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori meʼyordan 4 baravar oshgan. Аtmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Fargʼona, Аndijon, Namangan, Qoʼqon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Аngren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga toʼgʼri keladi.

 

   Maʼlumki, hosil boʼlayotgan sanoat chiqindilarini 84 foizi (2,69 mlrd. tn.) Toshkent va Navoiy viloyatlariga, yaʼni Olmaliq (1,34 mlrd. tn.) va Navoiy (1,35 mlrd. tn.) kon-metallurgiya kombinatlari hissasiga toʼgʼri keladi. Ushbu korxonalarda chiqindilarning deyarli 90 foizi chiqindi sifatida emas, ikkilamchi xom ashyo sifatida saqlanmoqda.

 

   Jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida saqlanayotgan chiqindining 99 foizi yaʼni 1,34 mlrd. tn. pulьpa (oltin rudasini qayta ishlash natijasida xosil boʼlgan chiqindi) hisoblanib, uning tarkibida 3 foizgacha oltin boʼlishi mumkin.

 

   Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida saqlanayotgan chiqindining 99 foizi yaʼni 1,33 mlrd. tn. togʼ rudasini qayta ishlash natijasida xosil boʼlgan chiqindi hisoblanib, ularning tarkibidan metallarni ajratib olish texnologiyalarni jalb etish lozim.

 

   Oʼzbekiston Respublikasida sanoat chiqindilari bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishni 10 yillik strategiyasini ishlab chiqish zarur.

birds birds