Biologik xilma-xillikni asrash

   Oʼzbekiston Ekologik partiyasi ilgari surayotgan dasturiy maqsadlar qatorida bioxilma-xillikni va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish masalasi ham oʼrin olgan. Shu maqsadda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish, respublika hududining oʼrmon bilan qoplanganlik darajasini 7,6 foizdan 15 foizga yetkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

   Biz barcha saʼy-harakatlarimizni mintaqamizda iqlim oʼzgarishining asosiy omili boʼlgan Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali Orolboʼyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratamiz.

 

Buning uchun:

 

  • Orol muammosini hal etishga hamda bu muammoning Orolboʼyi aholisi genofondiga va atrof-muhitiga salbiy taʼsirini yumshatishga jamiyatning barcha kuchlarini jalb etish hamda Orolboʼyi mintaqasiga ekologik innovatsiya va texnologiyalarni tatbiq etish ishlarini kuchaytirish;

     

  • qishloq xoʼjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali Orolboʼyi hududiga Аmudaryoning yuqori va oʼrta qismidan yiliga kamida 5-6 km3 hajmda suv yuborilishini taʼminlash;

     

  • Nukus, Buxoro, Urganch, Xiva, Navoiy, Moʼynoq kabi aholi yashash punktlari atrofida “yashil belbogʼlar” barpo etish hamda mazkur hududlardagi istirohat bogʼlari maydonlarini kengaytirish;

     

  • Orolboʼyi hududining Qozogʼiston hamda Turkmaniston bilan tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish;

     

   Global iqlim oʼzgarishi boʼyicha Parij bitimi doirasida mamlakatda issiqxona gazlari taʼsirini qisqartirishni nazarda tutuvchi milliy strategiya va harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalasi ham kun tartibidagi dolzarb vazifalarimizdan biridir.

birds birds