calendar 15 Aprel 06:52

15 - aprel —Xalqaro ekologik bilimlar kuni

Dunyoda kun sayin keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish uchun ekologik bilim yuqori bo‘lmog‘i lozim. Shu bois ham har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Ekologik bilimlar kuni nishonlanadi. Bu kunni 1992 yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari muhokamasi chog‘ida insoniyatning hayoti va barqarorligi uchun butun dunyo aholisi o‘rtasida ekologik bilimni targ‘ib etish maqsadida nishonlash taklif etilgan edi.

 

Ushbu sananing asosiy maqsadi – sayyoramiz aholisining ekologik bilimini boyitish g‘oyasini ilgari surish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish hamda har bir fuqaroni tabiatga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashni targ‘ib etishdan iborat.

 

Aytish lozim, ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganini inobatga olinib, mamlakatimizda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda, atrof-muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya va ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu yil 2 - fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham aholining ekologik madaniyatini oshirishga yana bir bor e’tibor qaratdi. Albatta, bu jarayonda yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, daxldorlik hissi bilan uyg‘un holda ta’lim-tarbiya berish ham muhim ahamiyatga ega.                                                                                

birds birds