calendar 23 Aprel 19:52

22 - APREL - “XALQARO YERNI MUHOFAZA QILISH KUNI!”

2022 - yil 22 - aprel kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi, Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Bog‘ot tuman Xalq ta’limi bo‘limi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi qoshida tashkil qilingan “OROL” ashula va raqs ansambli  hamkorligida Bog‘ot tumanidagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim  maktabida 22 - APREL - “XALQARO YERNI MUHOFAZA QILISH KUNI!” ga bag‘ishlab  “ZAMINIMIZ YASHILLIKKA BURKANMOQDA!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

Kun tartibidagi  masala yuzasidan  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputati Ibrahimov U.M so‘zga chiqib,  Tabiatni asrash har bir fuqaroning Konstitutsiyaviy burchi ekanligi, yer, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash faqat va faqat insonlar salomatligining kafolatli muhofaza qilish bog‘liq tomonlariga atroflicha to‘xtaldi.

 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” va “Yashilyillik” umummilliy loyihalaridan ko‘zlangan maqsad va uni amalga oshirish yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar birma bir e’tirof qilindi. Tadbir davomida berilgan savollarga aniq javob qaytargan o‘quvchilarga partiya tomonidan tayyorlangan kitobchalar va partiya logotipi tushirilgan boshqa sovg‘alar topshirildi. Shundan keyin Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchisi O.Jumaniyozov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi qoshida tashkil qilingan “OROL” ashula va raqs ansambli  badiiy rahbari, partiya faoli Yo‘ldosh aka Tojievlar so‘z olib bugungi kunda atrof muhit va insonlar salomatligini muhofaza qilish ishlari yuqori saviyada olib borilayotgani partiya safiga ko‘plagan tabiatsevarlar birlashayotgani to‘g‘risida to‘xtaldilar. Partiya faoli Yo‘ldosh aka Tojiev Orol dengizining salbiy oqibatlarini yumshatish borasida olib borilayotgan ulkan ahamiyatga molik ishlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.

Tadbirning ikkinchi qismida maktabning tabiatsevar xodimlari  bilan birgalikda maktab hududini turli xil chiqindilardan tozalash va daraxtlarni ohaklash ishlari amalga oshirildi. Tadbir faollariga partiya tomonidan tayyorlangan kitobchalar va partiya logotipi tushirilgan sovg‘alar topshirildi. Tadbir maktab hududida barq urib o‘sayotgan mevali va manzarali daraxtlar quchog‘ida ajoyib va sermazmun  savol javoblar bilan davom qilib “OROL” ansambli ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va surnay navolari raqslariga ulanib ketdi.  

 

Gulnora Sa’dullaeva  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi “Ayollar qanoti” yetakchisi.

birds birds