calendar 18 Aprel 09:14

Ochiq elektron tanlov natijalarini tasdiqlash tartibiga qanday o‘zgartishlar kiritilmoqda?

2022 - yil 18 - aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilish avvalida fraksiya a’zolari tomonidan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan davlat kadastrlarining yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida shakllantirilishi belgilab qo‘yilmoqda. Davlat kadastrlarining axborotini O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimiga taqdim etish axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, faqat telekommunikatsiya tarmoqlari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Shuningdek, qonun loyihasida qo‘llanilgan atamalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtirilmoqda. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng fraksiya a’zolari qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladilar.

Shundan so‘ng fraksiya muhokamasida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi.

 

Mazkur qonun loyihasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilish nazarda tutilmoqda. Loyiha fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

birds birds