calendar 08 Iyul 08:28

Konstitutsiya – barcha islohotlarimizning huquqiy poydevoridir

Eslatib oʼtamiz, ayni paytda Konstitutsiyamizga oʼzgartish kiritish boʼyicha barcha Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolaridan takliflar berish jarayonlari joriy yilning 15 iyul kuniga qadar davom etadi.

 


Shu munosabat bilan, kuni kecha Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Mirobod tumani partiya tashkiloti tomonidan tumandagi “Oybek” mahalla fuqarolar yigʼinida “Konstitutsiya – barcha islohotlarimizning huquqiy poydevoridir” mavzusida ochiq muloqot oʼtkazildi.

 


Unda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Toshkent shahar va Mirobod tuman partiya tashkiloti vakillari, Mirobod tumani hokimligi xodimlari, “Oybek” mahhala ahli va faollari hamda partiyaning BPT aʼzolari ishtirok etishdi. 

 


Tadbirda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Аlijon Jalilov Yangi Oʼzbekistonni barpo etish borasidagi galdagi dolzarb vazifalar oʼz navbatida asosiy qomusimiz mazmun-mohiyatiga yangicha yondashishni, ushbu muhim hujjatni rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qayta koʼrib chiqishni taqazo etayotganligi boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtdi.

 


Shuningdek, tadbirda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayzieva hamda Mirobod tumani Kengashi raisi Dildora Mavlyanovalar Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida har bir fuqaroning taklif va fikrlari muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab oʼtdilar.

 


Tadbir davomida “Oybek” mahallasi fuqarolari tomonidan Konstitutsiyaning tegishli moddalariga oʼzgartirish kiritish boʼyicha 10 ga yaqin oʼz takliflarini bildirdilar.

 


Ularning aksariyati inson huquqlari, mazkur huquqlarning kafolatlari, oila instituti, sud hokimiyati, pedagog xodimlar, tibbiy yordam, vijdon erkinligi, taʼlim olish, shaxsga doir maʼlumotlar muhofazasini Konstitutsiyada kafolatlashga oid masalalardir.

 

 

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

Toshkent shahar partiya tashkiloti

birds birds