calendar 15 Oktabr 14:31

Narzullo Oblomurodov “Gazgan Marble Group” korxonasida bo‘ldi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov Navoiy viloyatiga safari chog‘ida “Gazgan Marble Group” MChJga bordi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Gazgan Marble Group” MChJ korxonasi marmar chiqindilaridan kompozit plitalar va arxitektura qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati qariyb 37,7 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Korxonaga Italiyaning “Breton S.P.A” kompaniyasi texnologiyasi o‘rnatilgan. Bu yerda yiliga 300 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqaradi.

 

Shundan 180 ming kvadrat metri eksport qilinadi. Yillik ishlab chiqarish qiymati 20.3 ming dollarni tashkil etadi. Shundan 12,2 ming dollarlik mahsulot bevosita eksportga chiqariladi. 

Tayyor mahsulotning 80 foizi qayta ishlangan sanoat chiqindilaridan iborat ekologik toza va xavfsiz shu bilan birga tashqi muhitga o‘ta chidamlidir.

 

Ayni paytda korxonada 300 bo‘lgan korxona mahsulotlari uzoq yillar davomida asl holatini yo‘qotmaydi. nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

N.Oblomurodov korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarishda tejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds