calendar 21 Iyul 09:49

Konstitutsiya bilan inson huquqlari va erkinliklari yanada mustahkamlanadi

Samarqand shahar Barkamol avlod bolalar markazida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A. Hamzayev ishtirokida Konstitutsion islohotlarga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, unda boʻlayotgan oʻzgarishlar, eng avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, taʼlim, ilm-fan sohalarini taraqqiy ettirish, ekologik huquqlar va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi masalalarga eʼtibor qaratilgani bilan ahamiyatli ekani aytib oʻtildi.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqanlar, ushbu qonun loyihasida pedagog xodimlarning maqomini har tomonlama mustahkamlash jamiyat va davlatning eng muhim vazifasi deb eʼtirof etilishi, pedagog xodimlarning huquqlari, shaʼni va obroʻ-eʼtibori davlat himoyasida ekanligi konstitutsiyaviy kafolatlanayotganligini haqida ham aytib oʻtishdi.

Tadbir doirasida “Biz tabiat posbonlarimiz”, “Yosh tabiat sevar” mavzularida rasmlar tanlovi ham oʻtkazildi.

birds birds