calendar 13 Oktabr 13:51

Quyi Chirchiq tumanidagi targ‘ibot tadbiri

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili N.Aminov ishtirokida Quyi Chirchiq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 

Unda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Dasturga kiritilgan muhim bandlarni aytib o‘tdi.

 

N.Aminovga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishlari, havo haroratining ko‘tarilishi, Orol dengizining qurishi, cho‘llanish, salbiy meteorologik jarayonlarning takrorlanishi, yer hamda suv resurslaridan nooqilona foydalanish, biologik xilma-xillikning qisqarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, ko‘p miqdordagi sanoat va maishiy chiqindilarning to‘planishi global va mintaqaviy ekologik muammolarni kundan-kunga chuqurlashib borayotganidan dalolat bermoqda.

 

Ishonchli vakil saylovoldi dastur bilan tanishtirar ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi, sud-huquq tizimida islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’kidladi.

Jumladan, Ekologik partiya tabiatni asrab-avaylash, mamlakatdagi daraxtlar va suv havzalarini, tabiiy yodgorliklarni salbiy antropogen ta’sirdan himoya qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni himoya qilish va ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini ilgari suradi.

 

O‘z navbatida so‘zga chiqqan Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi raisi F.Axmadjonov saylovchilarni Narzullo Oblomurodovni qo‘llab-quvvatlashga, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrab-avaylash, yashil taraqqiyotga erishish yo‘lida ovoz berishga chorladi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds