calendar 23 Aprel 05:45

«Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahallallarda  aholini sanitariya-ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy sheriklik» loyihasi doirasida Yer kuniga bag‘ishlangan ekologik tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 22 - aprel kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti, O‘zbekiston ekologik harakati, hamda “Maxsustrans” DUK  hamkorligida poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Sexriyo” xususiy o‘rta ta’lim maktabida Yer kuniga bag‘ishlangan  «Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maxallalarda  aholini sanitariya-ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy sheriklik» loyihasi doirasida ekologik tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston ekologik harakati vakillari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti xodimlari, “Maxsustrans” DUK vakillari, Olmazor tumanidagi “Sexriyo” xususiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari qatnashdilar.

 

Asosiy maqsad sanitariya ekologik madaniyatini oshirish va epidemiologik xavfsizlikka xavf soluvchi holatlarning oldini olish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratni kuchaytirish orqali atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mas’uliyatini oshirish.

Tadbir boshida O‘zbekiston ekologik harakati devoni rahbari Dj. Azizov so‘zga chiqib, hozirgi kunda sanitariya gigiyenaga ahamiyat berish qanchalik muhimligini, yuqumli kasaliklarni oldini olish uchun har bir inson shaxsiy gigiyenaga rioya qilishni ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston ekologik partiyasi Olmazor tumani partiya tashkiloti raisi Sh. Umarxodjaeva ovqatlanishdan oldin yuz qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvish,  badantarbiya mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanish, hamda bolalarga ota onalariga eslatma tariqasida ozodalikga rioya qilish, suvni va elektr energiyasini tejash, belgilanmagan joyga chiqindi tashlamaslik, ishlatilgan kog‘ozlarni yig‘ib, ularni qayta ishlashga topshirish, daraxt va gullar ekish, hayvonot olami vakillariga ozor bermaslik kabi tushunchalar berib o‘tdi. Suxbat davomida  maktab o‘quvchilari berilgan ekologik savollarga to‘g‘ri javob qaytarishdi.

Tadbir so‘ngida maktab hududida daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Maktab o‘quvchilari va tashrif buyurgan mehmonlar bilan bir nechta mevali va manzarali  daraxtlar ekildi.

Bunday tadbirlarni tashkil etish yoshlarda ekologik madaniyatni yanada kuchaytiradi, axir “Biz kelajak uchun javobgarmiz”!

birds birds