Hamdardlik

Shu yilning 27 yanvar kuni yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston shifokorlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Abdikerim Mambetkarimov vafot etdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Ijroiya qo‘mitasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi