calendar 15 Oktabr 14:35

Narzullo Oblomurodov saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi

Narzullo Oblomurodov: — Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash strategik maqsadimiz bo‘lib qoladi. Atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratiladi.

 

-joylarda atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;

 

-atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni ta’qiqlash;

 

-sohaga oid huquqiy asoslarni samarali ijrosini ta’minlash hamda xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari atrofida sanitariya-himoya zonalarini tashkil qilish asosida mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish;

-qayta tiklanuvchi va mukobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish, qayta tiklanuvchi va mukobil energiya ishlab chiqaruvchilarga keng iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

 

-davlat tomonidan "yashil" ish o‘rinlarini yaratishni ko‘llab quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy malakali kadrlarni tayyorlash oldimizdagi muhim vazifalardan biridir.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds