calendar 18 Oktabr 15:22

Sirdaryo anoridan —ekologik toza mahsulot

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov Mirzaobod tumanidagi Anorchilik klasteri faoliyati bilan ham tanishdi. Jumladan, "Dehqonobod Asl Anori" ishlab chiqarish kooperativi va tabiiy anor sharbati ishlab chiqarish sexida bo‘ldi.

 

Mirzaobod tumanidagi jami 200 gektar maydonda anorzorlar tashkil etilgan bo‘lib, shundan 167 ga maydon klasterga, 33 gektar maydon bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan 2020 yilda Mirzabobodlik mirishkorlar Koreya Respublikasiga 10 ming litr anor sharbati va 40 tonna anor urug‘i eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilda Koreya va Latviya davlatlariga 200 ming litr anor sharbati va 60 tonna anor urug‘i, Qozog‘istonga 60 ming litr anor sharbati, 40 tonna anor urug‘i yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Shuningdek, Andijon viloyati Shaxrixon tumanidagi O‘zbekiston-Latviya(farmasevtika) qo‘shma korxonasiga 40 tonna anor urug‘i, 100 tonna anor po‘stlog‘i yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Qolaversa, ushbu korxona ekologik toza ishlab chiqaradi va 2 xalqaro sertifikat( GLOBAL C.A.P. va ISO 22000:2018)larga ega. 

Klasterning 4 ga maydoni Gollandiya texnologiyasi asosida tomchilatib sug‘orilmoqda.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds