calendar 19 Iyul 14:30

Anomal issiqdan o‘zingizni va atrof-muhitni asrang

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan 17-22 iyul kunlari respublika hududlarida anomal issiq bo‘lishi to‘g‘risida xabar e’lon qilingan edi.

Nima uchun issiq havo harorati emas, anomal issiq deyilmoqda? Agar havo harorati ketma-ket 5 kun davomida me’yordan 5 darajadan yuqori bo‘lsa, “issiqlik to‘lqini” kelgan deb hisoblanadi.

Bunday paytda yo‘l qisimlari va binolarning devorlari yanada qizigan holatda bo‘ladi. Natijada tunda ham issiqlik darajasi saqlanib qoladi va yerning harorati yetarlicha sovimasligi kuzatiladi. Bu esa shahar ichi va atrofidagi yashil hududlardagi o‘simliklar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shu sababli anomal issiq davrida va kunduzgi vaqtlarda havo harorati yuqori darajaga chiqan paytlarda daraxt va o‘simliklarni sug‘orish tavsiya etilmaydi. Yuqori darajadagi harorat vaqtida o‘simlik va daraxtlarni sug‘orish ularning fiziologik shok holatni boshdan kechirishiga olib keladi.

Yoz oyida o‘simliklarni ertalab va kechqurun sug‘orish tavsiya etilgan bo‘lsa, anomal issiqlik davrida faqat yertalab 6:00 dan 9:00 ga qadar sug‘orish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mana shu davrda o‘zingizni va atrof-muhitni asrashni unutmang.

birds birds