calendar 01 Noyabr 08:11

QASHQADARYO VILOYATI 97 YOSHDA

Viloyat rasman 1924 yilning 1 noyabrida alohida ma’muriy birlik sifatida tashkil etilgan.

Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri bo‘lgan bu zamin azaldan olimu fuzalolar, allomayu donishmandlar, sarkardayu beklarni yetishtirib bergan.

 

Viloyat maydoni – 28,6 ming kv. km (2 856 799 ga.) Chegara uzunligi (893,8 km) Shundan, Turkmaniston Respublikasi bilan (253,3 km), Tojikiston Respublikasi (59,9 km), Samarqand (276,0 km), Buxoro (98,3 km), Navoiy viloyati (12,5 km), Surxondaryo (193,8 km) viloyatlari bilan chegaradosh. Aholisi – 3 293,6 ming kishi.

Qashqadaryo viloyatining tabiiy florasi 1200ga yaqin yuksak o‘simlik turidan iborat. O‘rmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Tog‘ yon bag‘irlari har xil o‘t o‘simliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Tog‘ o‘rmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Tog‘larda na’matak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar o‘sadi.

 

Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zog‘orabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Milliy tabiat bog‘i va qo‘riqxona mavjud.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo ahlini viloyat tashkil topganining 97 yilligi bilan muborakbod etadi.

 

Jonajon Vatanimizning mazkur hududi doimo gullab yashnasin!

birds birds