calendar 13 Aprel 06:44

Ekologik ta’limni rivojlantirish — ekologik barqarorlikka erishishning eng to‘g‘ri yo‘li

Aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik bilimlarini oshirish O‘zbekiston Ekologik partiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Shunga ko‘ra, 15 – aprel – “Ekologik bilimlar kuni” munosabatida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan Shahrisabz shahridagi Qarshi davlat universitetining Pedagogika institutida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.

 

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamol Jumaniyozov hamda partiyaning Qashqadaryo viloyat Kengashi, viloyat o‘rmon xo‘jaligi, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Shahrisabz shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti rahbariyati va talabalar ishtirok etmoqda.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari mamlakatimizdagi ekologik holatni yaxshilash, bu yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etish masalasiga Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotgani haqida ta’kidlab o‘tdi.

Jumladan, aholining, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik madaniyatini shakllantirish, ularning ekologiyaga oid bilimlarini boyitish bugun eng ustuvor masalalardan biri ekanligini qayd etdi. Bunga nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda alohida e’tibor qaratiladi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 15 - aprel — “Ekologik bilimlar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992 yilda Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan atrof muhit muammolari muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiyasida dunyoning barcha mamlakatlarida insoniyatning hayot tarzi va barqaror rivojlanishi strategiyasini amalga oshirishda ekologik ta’limning ulkan ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan edi.

                   

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Qashqadaryo viloyat Kengashi

 

 

birds birds