O‘zbekiston Ekologik partiyasi ilk bor Prezidentlik saylovida ishtirok etadi

Bugun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasiga Prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun guvohnoma topshirildi.
Guvohnomani O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomidan partiyaning vakolatli vakili Saidrasul Saidakbarovich Sanginov qabul qilib oldi.