calendar 26 Iyul 13:46

Partiya faoliyati samaradorligini oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman (shahar) raislari ogohlantirildi

Bugun shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev Surxondaryo viloyatidagi tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan o‘tgan olti oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar va oldinda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

 Partiya faoliyati samaradorligini oshirish, jumladan boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzish a’zolar safini kengaytirish, hududlardagi ekologik muammolarni o‘rganish, mahalliy kengash deputatlari bilan yaqin hamkorlikda ishlash kabi ko‘plab masalalarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan partiya tashkiloti raislari faoliyatiga tanqidiy baho berildi.

Ayrim hollarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari talab darajasida emasligi ta’kidlab o‘tildi.

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlar faqat viloyat partiya tashkiloti xodimlari tomonidan tashkil etilayotgani tuman va shahar partiya tashkilotlarining bu boradagi ishlari qoniqarsiz ekanligi aytib o‘tildi.

Viloyat partiya tashkiloti raisi so‘zga chiqib, aytib o‘tilgan tanqidiy-tahlillar yuzasidan tegishli xulosa qilinganligini, partiya faoliyatini yanada jonlashtirib, targ‘ibot-tashviqotlarni kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishini bildirdi.

birds birds