calendar 15 Aprel 05:14

“Ekotafakkur”- bilimlar sinovi tafsilotlari

Ekologik bilimlar kuni har yili 15 - aprelda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan yillik bayramdir. Uning tarixi 1992 yil Rio-De-Janeyrodagi BMT konferensiyasidan boshlandi, u yerda atrof-muhit muammolari muhokama qilindi. So‘ngra insoniyatning omon qolish va barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirish uchun ekologik ta’limning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.

 

Mamlakatimizda ekologik ta’lim va tarbiyani ustuvor ekanligini ta’minlash tabiatni muhofaza qilish muammolarini hal qilishning eng muhim vositasi sifatida tan olingan.

 

Shu maqsadda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya tashkiloti, Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Buxoro davlat universiteti, Pedagogika instituti, Tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamkorligida “Ekotafakkur” bilimlar sinovini tashkil etildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat partiya tashkiloti  hamda  Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari o‘zaro ikki bosqichda bilim sinashdi. Jamoalar birinchi bosqichda Oliy ta’lim o‘qituvchilari hamda zaldagi tomoshabinlardan kelgan savollarga javob berishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa muammoli savollar yechimi bo‘yicha o‘zlarining javoblari va takliflarini taqdimot qildilar.

 

Bellashuvni tomosha qilayotgan tomoshabinlar uchun ham qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Shuningdek ular ekologiya sohasida o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarni bilib olishdi.

Bellashuv so‘ngida kuchlar teng kelib, do‘stona durang qayd etildi.

 

Ta’kidlash joizki bu kun nafaqat ekologiya sohasidagi mutaxassislar uchun, balki sayyoramizning barcha odamlari uchun ham muhimdir, chunki bu butun insoniyatning kelajagiga bog‘liq. Bayramning muntazam o‘tkazilishi orqali tomoshabinlarga ekologik bilimlar yetkazilmoqda, aholining ekologik madaniyati shakllanmoqda, atrof-muhit holati haqida fuqarolarning ekologik fikr yuritish qobiliyati rivojlanmoqda.

Belgilangan maqsadlarga erishish orqali insoniyat kelajak avlodlarning sog‘lig‘ini saqlab qolish uchun xavfsiz kelajakning garoviga ega bo‘ladi.

 

birds birds