calendar 17 Oktabr 07:03

Qo‘shrabotda saylovoldi targ‘ibot tadbiri

Qo‘shrabot tumanida O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning ishonchli vakili M.Po‘latovning saylovoldi targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Unda ishonchli vakil nomzodning tarjimai xoli bilan tanishtirdi hamda saylovoldi dasturida belgilangan 7 ta yo‘nalishdan iborat maqsad va vazifalarni batafsil yoritib berdi.

 

M.Po‘latov nomzodning dasturida keltirilgan elektr energiyasi samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha g‘oyalari haqida gapirdi.

 

Shuningdek, ishonchli vakil chiqindilarni qayta ishlash, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, toza ichimlik suvi tanqisligini oldini olish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ham ma’lumot berdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar nomzodning saylovoldi dasturi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. 

 

Uchrashuv so‘ngida saylovchilarning barcha savollariga ishonchli vakil atroflicha javob berdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds