calendar 11 Aprel 06:04

“Yashil makon” doirasida Olmaliqda xiyobon barpo etilmoqda

Taraqqiyot strategiyasida belgilangan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash” maqsadi doirasida Olmaliq shahar hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati Nosirjon Aminov, Olmaliq shahar hokimi K. Xamdamov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati partiya tashkiloti raisi F. Axmedjanovlar ishtirokida “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Olmaliq shahridagi korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etgan tadbirda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amal oshirilayotgan ishlar, atrof-muhitni asrash, ko‘chat ekish tadbirlarida faol bo‘lish haqida so‘z yuritilib, kelajak avlodga yaxshi tabiiy sharoit qoldirish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Olmaliq shahar hokimi tadbir ishtirokchilarini qarovsiz bo‘lib yotgan “Olmaliqsoy” MFY hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha yangi barpo etilayotgan xiyobon hamda kelajakda rejalashtirilgan ishlar bilan tanishtirdi.

 

O‘zbekiston Ekologiya partiyasi

Olmaliq shahar partiya tashkiloti

birds birds