calendar 19 Iyul 11:27

Konstitusiyaviy o‘zgarishlar — huquqlarimiz kafolati

Bugun Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijrpoiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirokida “Konstitusiyaviy o‘zgarishlar — huquqlarimiz kafolati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. 

Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy qonuni loyihasi haqida so‘z yuritilib, ushbu qonun loyihasi xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek, Davlatimiz Rahbarining Komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib tayyorlangani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijrpoiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A. Hamzayev Bosh qomusimizga kiritilayotgan tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qiladigan normalarga aylanishi haqida so‘z yuritdi. 

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qonun loyihasiga taklif va fikrlar bildirildi.

birds birds