calendar 26 May 13:21

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jamoatchilik nazoratini ta’milash bo‘yicha o‘rganish ishlari jadallik bilan o‘tkazilmoqda

Jumaladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Chust tuman Kengashi raisi M.Muxtorxonova, Obodonlashtirish korxonasi boshlig‘i yordamchisi B.Xudoyberganov, "Toza xudud" DUK korxonasi o‘rinbosari O.Sulaymonov, "Navbaxor" MFY si "Yoshlar ishlari" yetakchisi R.Fayzullayev hamda MFY faoli M.Umarovalar birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mahalla hududida o‘rganish ishlari olib bordilar.



O‘rganishlar davomida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan jami 450 tupdan ortiq mevali va manzarali, hamda terak ko‘chatlarining o‘sishi qonikarli darajada, mahalla hovlisi va tomorqasida 7200 dan ortiq terak qalamchalari ekilgan. Mahallada Xalq ta’limiga qarashli 11 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 200 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ularni parvarishlash yaxshi amalga oshirilmoqda. Ammo sug‘orish ishlari sust bo‘lib qolgan. Shuning uchun tomchilab sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish kerakligi haqida maktab direktoriga ko‘rsatmalar berildi.



Mahallada yashovchi fuqarolarning honadonlari ko‘zdan kechirilganda gulhonalarni begona o‘tlar bosib yotganligi, supurilmaganligi aniqlandi. Honadon sohiblarini chaqirib uy atroflarini, ko‘chalarni tozalash kerakligi o‘qtirildi.



Mahallada chiqindi muammolari o‘z vaqtida hal etilayotgani aholi tomonidan ham ma’qullandi, lekin chiqindi tulovida bir muncha muammolar borligi fuqarolar tomonidan aytildi."Toza xudud" DUK ning o‘rinbosari O.Sulaymonov shu yerning uzida ushbu muammolarni yechimi to‘g‘risida ko‘rsatma va tushunchalar berdi

birds birds