calendar 14 Iyul 11:33

Fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlari Konstitutsiya bilan kafolatlanadi

Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi “Baqaylar” mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Kamol Jumaniyozov ishtirokida Konstitutsiyaviy islohotlarga bagʼishlangan uchrashuv tashkil etildi. 


Tadbirda “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida soʼz yuritilib, ushbu qonun loyihasi xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek, Davlatimiz Rahbarining Komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʼururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi oʼrinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib tayyorlangani taʼkidlab oʼtildi. 

 


Konstitutsiyaviy qonun loyihasida Bosh qomusimizning 60 dan ortiq moddalariga 200dan ziyod tuzatishlar kiritilishi koʼzda tutilgan. Ushbu oʼzgartishlar “inson-jamiyat-davlat” printsipiga asoslangan boʼlib, milliy oʼzlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha boʼlimlariga tub oʼzgartishlar kiritishni nazarda tutadi.

 


Bosh qomusimizga kiritilayotgan tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub boʼlgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan toʼgʼridan-toʼgʼri ishlaydigan normalarga aylanishi alohida qayd etildi. 


Yangi qonun loyihasida Oʼzbekiston huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy demokratik davlat sifatida belgilanayotgani, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlarining huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirishi tushuntirib oʼtildi.

birds birds