calendar 28 Iyul 06:33

Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar huquq va manfaatlarimizni ta’minlashga xizmat qiladi

Xabaringiz bor, mamlakatimiz bo‘ylab amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasida joylarda muhokama uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Bugun Namangan tumanidagi “Madaniyat markazi”da ham Konstitutsion islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Xamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muxtorjon Xojimatov, partiya faollari hamda kenga jamoatchilik ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, globallashuv jarayonlarining tezlashuvi hamda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qonunlarining faollashuvi amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni hayotiy zaruratga aylantirgani ta’kidlandi.

Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan normalarga aylanishi alohida qayd etildi.

birds birds