calendar 04 Iyul 08:36

Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida

Kuni kecha Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti oʼqituvchi va talabalari ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar – yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

 


Mazkur davra suhbatida avvalo Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti talabalariga mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar hakida, shuningdek, Oʼzbekiston Ekologik partiyasining maqsadi va dasturiy vazifalari toʼgʼrisida, partiya tomonidan amalga oshirilgan va oshirilayotgan keng koʼlamli ishlari yuzasidan tushuntirishlar berib oʼtildi.

 


Shundan soʼng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qaroriga asosan “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasidan oʼtkazilayotgani taʼkidlandi.


 “Inson qadri uchun” gʼoyasi Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirilib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirilmoqda, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari, tadbirkorlik va uy-joy daxlsizligi, oila, mehnat munosabatlari, sud-huquq sohasi, taʼlim, tibbiyot, ekologiya va boshqa koʼplab yoʼnalishlarda taklif etilayotgan oʼzgartirishlar haqida ham aytib oʼtildi.


Tadbir soʼngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, taklif va mulohazalar Konstitutsion komissiyaga taqdim etish maqsadida yozib olindi.

 


Diyora Sharipova
Oʼzbekiston Ekologik partiyasi
Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmiatsi 
boʼlim boshligʼi

birds birds