calendar 14 Oktabr 14:55

Ishonchli vakil - Farg‘ona tumani saylovchilari huzurida

Vodil mahallasida o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvida mahallalar ahli, nuroniylar va yoshlarga nomzodning dasturidagi eng muhim maqsadlar va g‘oyalar mohiyati yetkazildi.

 

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Ekologik partiyadan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodning saylovoldi dasturida yaqin kelajakda "yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish masalasi ilgari surilgan. Bunga tomchilatib sug‘orish, qayta tiklanuvchi energiyalar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali erishish mumkin.

 

Ishonchli vakil Ekopartiya nomzodini qo‘llab-quvvatlash yurtimizni taraqqiyotga eltadigan barcha sohalarda aniq maqsadli yangilanishlarni hayotga tatbiq etish, kelajak avlodga rivojlangan mamlakatni meros qilib qoldirish uchun bugun qo‘yilayotgan poydevor bo‘lishini e’tirof etdi.

Saylovoldi dasturi ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds