calendar 11 Aprel 13:39

Yashil iqtisodiyot — yuksak taraqqiyot garovi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi va  O‘zbekiston Mudofasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Bog‘ot tuman bo‘limi hamkorligida Bog‘ot tumanidagi 14-sonli Bolalar musiqa va san’at  maktabida “Yashil makon” — musaffo tabiat va insonlar salomatligining kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bog‘ot tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputati U. Ibrohimov so‘zga chiqib,  Davlatimiz rahbari tomonidan boshlangan “Yashil makon” va “Yashil yillik” umummilliy loyihalaridan ko‘zlangan maqsad va uni amalga oshirish yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi.

Tadbirda “Orolga madad”, “Parlamentning Orolga nigohi”, “Ekologik hayriya velomarafoni” va boshqa ko‘plab tadbirlarning faol ishtirokchisi, aynan shu maktabning qo‘shnay, surnay va an’anaviy ijrochilik bo‘yicha o‘qituvchisi partiya faoli Yo‘ldosh aka Tojievga O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining TASHAKKURNOMA si tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Xorazm viloyati partiya tashkiloti

 

birds birds