calendar 05 Avgust 12:50

Ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Joriy yilning birinchi yarmida  O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati partiya tashkiloti tomnidan 22 boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilib, 1092 nafar yangi a’zolar partiyaga jalb qilingan. Bu haqda Xorazm viloti partiya tashkiloti faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

ZOOM ilovasi orqali bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nosirjon Aminov, Markaziy Kengashning tegishli bo‘lim boshliqlari, viloyat hamda tuman (shahar) partiya tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan A. Hamzayev partiya faoliyati rivojlantirish,  boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzish va a’zolar safini kengaytirish bo‘yicha so‘z yuritib, viloyatdagi 7 ta tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan boshlang‘ich partiya tashkilotlari ochilmagani, Urganch va Tuproqqal’a partiya tashkilotlari tomonidan a’zolar jalb qilinmagani tanqid qilindi.

Partiya tashkilotlari raislari tuman (shahar) hokimliklari hamda mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hududlardagi ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nosirjon Aminov so‘zga chiqib, bugungi siyosiy jarayonlarda partiya vakillarining faol bo‘lishi kerakligi, jamiyat oldida partiyaning nufuzini oshirish, deputatlarni ishini ko‘rsatish, ekologik muammolarni olib chiqib, ularning yechimini qilish imkoniyatini qo‘ldan bermaslik kerakligi haqida gapirdi.

Xorazm viloyati partiya tashkiloti Qurbonnazar Safayev aytil kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida partiya faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini bildirdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds