calendar 27 Yanvar 14:39

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Termiz shahrida 363 mingdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Bu haqida O‘zbekiston Ekologik partiyasining Surxondaryo viloyatidagi tuman, shahar partiya tashkilotlari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

 

Bundan tashqari, yakuniga yetgan yilda partiyaning Surxondaryo viloyatidagi tuman, shahar partiya tashkilotlari tomonidan yana qator e’tiborga molik ishlar olib borildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Boysun tuman partiya tashkiloti tashabbusi bilan Boysun tumanining Xo‘jabulg‘on, Dashtig‘oz, Boshrabot, Inkabod, Kosiblar mahallalarida “Biz mahalla tozaligiga befarq emasmiz” shiori ostida Ekologik hasharlar, Boysun tuman Mustaqillik mahallasida “Daraxt sug‘orish” aksiyasi o‘tkazildi. 

 

Uzun tuman partiya tashkiloti tumanning “Bobomurod Omonov” nomidagi istirohat bog‘ini qayta shakllantirish tashabbusi bilan chiqdi. Natijada mazkur bog‘da obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

 

Sherobod partiya tashkiloti say-harakatlari bilan 8-umumta’lim maktabi hududidagi qarovsiz qolgan yerga hashar yo‘li bilan “Toza  xavo  — tanga davo” shiori ostida  archa  ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, yig‘ilishda viloyatning boshqa tumanlarida qilingan ishlarga ham to‘xtalib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va partiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati

birds birds