calendar 06 Iyul 13:55

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhokamasi qizgʼin pallada

Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro Orolni qutqarish jamgʼarmasi agentligida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Аbdushukur Hamzaev ishtirokida "Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bagʼishlangan uchrashuv tashkil etildi.

 


Unda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi aʼzolari, Toshkent shahar va tuman partiya tashkiloti xodimlari, partiyaning BPT aʼzolari, Xalqaro Orolni qutqarish jamgʼarmasi agentligi vakillari ishtirok etdilar.

 


Tadbirda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari А.Hamzaev Konstitutsiyaviy islohotlar haqida soʼz yuritib, unga kiritilayotgan oʼzgartirishlar “inson-jamiyat-davlat” printsipiga asoslangan holda boʼlayotganini, bugun taraqqiy etib borayotgan zamonda Konstitutsiyaning isloh qilinishi, uni yanada mukammallashtirish davr talabi ekanligini taʼkidlab oʼtdi. 

 


Shuningdek, tadbirda Xalqaro Orolni qutqarish jamgʼarmasi agentligi rahbari Vadim Sokolov tomonidan Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub boʼlgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan normalarga aylanayotganini qoʼllab quvvatlandi. 

 

 

 Ochiq va samimiy ruhda oʼtgan uchrashuvda tashkilot vakillari qonun loyihasi yuzasidan oʼz takliflarini bildirdilar.

 


 Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

 Toshkent shahar partiya tashkiloti

birds birds