calendar 02 Noyabr 07:01

Inson faoliyati bilan bog‘liq ifloslanishlar antropogen ifloslanish, deb ataladi

Inson faoliyati bilan bog‘liq ifloslanishlar antropogen ifloslanish, deb ataladi. 

 

Antropogen ifloslanish tabiat komponentlari bo‘yicha suvning ifloslanishi, havo yoki tuproqning, shuningdek, landshaftlarning ifloslanishi kabi guruhlardan iborat. 

 

Antropogen ifloslanish davomiyligiga ko‘ra, vaqtinchalik va doimiy, tarqalish ko‘lamiga ko‘ra, sayyoraviy (global), hududiy (regional) va mahalliy (lokal) guruhlarga ajratiladi.

 

Ifloslanish turi va manbalari jihatidan fizik, kimyoviy, biologik, mexanik va boshqa turlarga bo‘linadi. Masalan, fizik ifloslanishning o‘zi issiqlik, yorug‘lik, shovqin, radiaktiv, elektromagnit ifloslanishga ajraladi. 

 

Aptropogen ifloslanish kuchaygan sari inson hayoti uchun o‘ta xavfli ekologik muammolarni keltirib chiqarayotgani ma’lum.

birds birds