calendar 26 Iyul 10:37

Tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlar tushuntirildi

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida fuqarolarning malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga, sog‘lom tabiiy muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari kuchaytirilmoqda.

Shu  va Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi boshqa o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Termiz tuman markaziy tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari hamda tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A. Hamzayev so‘zga chiqib, kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo “inson qadri uchun”degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilganini ta’kidlab, Bosh qomusimizga ayni tibbiyot sohasi bilan bog‘liq kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordam ko‘rsatishning qonunda belgilangan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli ekanligi qat’iy o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni kafolatlashi, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratishi belgilanmokda.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan birga o‘z taklif va fikrlarini ham bildirishdi.

birds birds