calendar 23 Aprel 18:41

22 - aprel-Butunjahon Yer kuni

Poytaxtimizdagi Central park xiyobonida  22 - aprel-Butunjahon Yer kuni munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda  Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J.Kazbekov ishtirok etdi.

Tadbir davomida yosh avlod ongida Ona zaminga bo‘lgan mehr - muhabbatni yanada shakllantirish, atrof-muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylash singari ezgu tushunchalar xususida fikr bildirildi. So‘ngra jajji bolajonlar tabiatga bo‘lgan qarashlarini o‘zlari chizgan suratlar orqali namoyish etishdi.

Tadbir so‘nggida xiyobon hududiga turli xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

 

Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati

birds birds