Konstitutsiyaviy islohotlar xalqimiz manfaati yo‘lida xizmat qiladi

Buxoro viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev ishtirokida Konstitutsion islohotlarga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.
Navbatdagi davra suhbati “Kamalak Shabnam teks” korxonasida tashkil etildi. Unda korxona ishchi xodimlari, deputatlar, partiya xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari A.Hamzayev so‘zga chiqib, muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida suveren, istiqboli porloq davlatning o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz manfaati yo‘lida xizmat qiladi. Asosiy qomusimizda insoniyatni qamrab olgan ona tabiat, yer osti va yer usti tabiiy boyliklarigacha qonun himoyasida, chunki u ham inson uchun xizmat qiladi, deya ta’kidladi.