calendar 08 Avgust 16:20

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va bayramni ko‘taringki ruhda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitada hududiy partiya tashkilotlar raislari ishtirokida (ZOOM ilovasi orqali) bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Ekologik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlari tomonidan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbirlarini tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, barcha tuman (shahar) partiya tashkilotlarining navbatdagi Kengash yig‘ilishini o‘tkazish boshlangani, Kengash yig‘ilishlarini OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritishga alohida e’tibor qaratish lozimligi aytib o‘tildi.

Hududiy partiya tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan Kengash yig‘ilishlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda partiya Markaziy Kengashidan vakillar ishtirok etishi ta’kidlanib, hududiy Kengash yig‘ilishlarini markaziy hamda Hududiy telekanallar orqali yoritish tavsiya etildi.

Shuningdek, har bir hududda “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlar parvarishi hamda hududlardagi ekologik muammolarni o‘rganish bo‘yicha “Jamoatchilik nazoratini” tashkil tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

birds birds