calendar 30 Iyul 11:28

Konstitutsiyaviy islohotlar Farg‘ona shahrida davom etmoqda

Bugun Farg‘ona shahridagi Monomarkazda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshanbek Begmatov, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbirda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, unda nazarda tutilatgan o‘zgarishlar, aholidan bo‘layotgan takliflar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan yangi qonun loyihasi “insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak” degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib tayyorlangan bo‘lib, undagi o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo “inson qadri uchun”degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytiradi.

Qayd etilishicha, fuqarolarimizdan kelib tushgan eng ko‘p takliflar, aynan insonning shaxsiy huquq va erkinliklarini kafolatlashni jiddiy ravishda kuchaytirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida loyiha bilan Konstitutsiyamizning mazkur masalaga bag‘ishlangan normalari ham tubdan takomillashtiriladi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining qonun loyihasi bo‘yicha taklif va fikrlari tinglanib, Konstitutsiyaviy komissiyaga yetkazish uchun yozib olindi.

birds birds