calendar 15 Oktabr 15:29

Narzullo Oblomurodov navoiylik saylovchilar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov saylovchilar bilan uchrashish uchun Navoiy viloyatiga yetib keldi.

 

Nomzod Navoiy viloyatiga safarini Navoiy “Erkin iqtisodiy zonasi”da joylashgan “Telecom innovations” MChJ faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

Qo‘shma korxona mas’ullari N.Oblomurodovni korxona faoliyati bilan tanishtirdi. Korxonaning tashkil bo‘lishi, amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

 

“Telecom innovations” MChJ qo‘shma korxonasining asosiy faoliyat turi, telekommunikatsiya, ma’lumot uzatish, axborot-kompyuter tizimlari, radio va televidenie uchun uskunalarni va elektron vositalarni ishlab chiqarish, loyihalash, takomillashtirish va amalga joriy qilishdan iborat. Bugungi kunda MChJ “TELECOM INNOVATIONS” QKda ishlab chiqarish sexi va 13 ta bo‘limlar mavjud bo‘lib, 85 nafar xodim hamjihatlikda ishlab kelmoqdalar. Shulardan 17 nafari boshqaruv xodimlari, 68 nafari mutaxassis va ishchilardir. 

So‘nggi yillarda qo‘shma korxona rivojlanishi natijasida 45 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Ishlab chiqarish salmog‘ini oshirish, zamonaviy telekommunikatsion qurilamalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, chet el yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, qo‘shma korxona xodimlari malakasi oshirildi. Bundan tashqari 5 nafar mutaxassislar chet elda uzoq muddatli malaka oshirib keldi. Hozirgi paytda rahbar xodimlar yiliga bir marotaba, mutaxassilar esa uch yilda bir marotaba maxsus o‘quv kurslarida ishtirok etib , malaka oshirib kelmoqdalar.

 

Bundan tashqari qo‘shma korxona tomonidan ishlab chiqarilgan telekommunikatsion maxsulotlarga kafolat muddati davrida va undan keyin ham servis xizmatlari ko‘rsatib kelmoqdamiz.

Shuningdek, qo‘shma korxonada ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlarini ko‘paytirish borasida ham bir nechta loyihalar ustida amaliy ishlar bajarilmoqda.

 

“O‘zbektelekom” AK tomonidan yil boshidan buyon aholiga, ijtimoiy soha muassasalariga, biznes sub’ektlariga va ishlab chiqarish sohalariga GPON texnologiyasida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkonini yaratish maqsadida optik aloqa kabellari yotqizish ishlari jadal olib borilayotganligini inobatga olib, optik tolali aloqa liniyalari uchun splitterlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Splitterlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi natijasida, ishlab chiqariladigan splitterlarning mahalliylashtirish darajasi 51 foizga yetkaziladi va shu bilan birga ushbu mahsulotlarning importi ikki barobarga qisqartirilishiga erishildi. 

 

- Optik aloqa tarmog‘i uchun splitterlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida, uning import butlovchi qismlari, hamda plastmassa qismlarini ishlab chiqarish uchun press-formalar keltirilib, yangi loyiha o‘zlashtirildi.

- Davlat buyurtmasi talablariga muvofiq bo‘lgan Monoblok kompyuterlari ishlab chiqarish loyihasi ustida amaliy ishlar bajarilmoqda. Bugungi kunda import butlovchi qismlar keltirilib, ishlab chiqarish boshlab yuborildi.

 

Bundan tashqari qo‘shma korxonada ishlab chiqarilayotgan telekommunikatsion qurilmalarning plastmassa qismlarini ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodov Navoiy viloyatiga safari chog‘ida “Gazgan Marble Group” MChJga bordi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Gazgan Marble Group” MChJ korxonasi marmar chiqindilaridan kompozit plitalar va arxitektura qurilmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati qariyb 37,7 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Korxonaga Italiyaning “Breton S.P.A” kompaniyasi texnologiyasi o‘rnatilgan. Bu yerda yiliga 300 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqaradi.

 

Shundan 180 ming kvadrat metri eksport qilinadi. Yillik ishlab chiqarish qiymati 20.3 ming dollarni tashkil etadi. Shundan 12,2 ming dollarlik mahsulot bevosita eksportga chiqariladi. 

Tayyor mahsulotning 80 foizi qayta ishlangan sanoat chiqindilaridan iborat ekologik toza va xavfsiz shu bilan birga tashqi muhitga o‘ta chidamlidir. 

 

Ayni paytda korxonada 300 bo‘lgan korxona mahsulotlari uzoq yillar davomida asl holatini yo‘qotmaydi. nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

N.Oblomurodov korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarishda tejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

 

Karmana tumani “Navoiy erkin iqtisodiy zonasi” direksiyasi katta majlislar zalida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvi boshlandi.

 

Uchrashuvni Navoiy viloyat “Jonli tabiat” jamoat birlashmasi raisi Ishmamat Tagaev kirish so‘zi bilan ochdi va navbatni nomzodning Navoiy viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Ulug‘bek Razzakovga berdi.

 

Nomzodning Navoiy viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Ulug‘bek Razzakov Narzullo Oblomurodovning tarjimai holini saylovchilarga o‘qib eshittirdi. 

So‘z prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovga berildi.

Narzullo Oblomurodov: — Insoniyat hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta’minlash strategik maqsadimiz bo‘lib qoladi. Atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratiladi.

 

-joylarda atrof-muhitni me’yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;

-atmosfera havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishni ta’qiqlash;

-sohaga oid huquqiy asoslarni samarali ijrosini ta’minlash hamda xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish va xizmat qo‘rsatish ob’ektlari atrofida sanitariya-himoya zonalarini tashkil qilish asosida mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish;

-qayta tiklanuvchi va mukobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tish, kayta tiklanuvchi va mukobil energiya ishlab chikaruvchilarga keng iktisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish;

-davlat tomonidan "yashil" ish o‘rinlarini yaratishni ko‘llab kuvvatlash, iqtisodiyot tarmoklari uchun zamonaviy malakali kadrlarni tayyorlash oldimizdagi muhim vazifalardan biridir.

"Energetika sohasining asosiy drayveri innovatsion texnologiyalar ekanligini inobatga olgan holda sohada quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi: 

-energiya iste’moli tejamkorligini rag‘batlantirishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish;

-qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari sohasida bozor mexanizmlarini tadbiq etish, energiya resurslari bozorida xususiy sektor ishtirokini yanada kengaytirish;

-chekka va olis hududlarda qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash;

-energetika sohasida yalpi ichki mahsulotga nisbatan uglerod sarfi hajmining kamayishiga va 2050 yilga to‘liq voz kechishiga erishish, sohada innovatsion yechimlarni tadbiq etishni rag‘batlantirishni maqsad qilganmiz."

 

Siddiq Xo‘jjiev, Navoiy davlat pedagogika instituti prorektori:

“Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturida chiqindi muammosini bartaraf etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar juda o‘rinli. Haqiqatdan ham bugun chiqindilar to‘g‘risidagi qonun eskirgan. Chiqindilar to‘g‘risidagi qonunni yangidan qabul qilish bu borada ancha oldinga siljishimizga zamin yaratadi. Odamlarda chiqindilarga bo‘lgan munosabatni ham shakllantirishimiz kerak. Ayniqsa, buni bolalardan boshlash zarur. Bu atrof-muhit muhofazasining ustuvor yo‘nalishidir. Chiqindilarsiz yashil hududlarni yaratish ham biz ekologlarning maqsadimiz va intilishimiz hisoblanadi. Yashil taraqqiyot g‘oyasi aynan shu tashabbuslarni qamrab olgan. Men munosib nomzodga ovoz berishga barchani chaqirib qolaman.”

 

Abduxoliq Hasanov, G‘ozg‘on shahridagi Guliston mahallasi faxriysi: 

"Elektr energiyasi hayotimizning ajralmas qismidir. Bugungi kunda esa qayta tiklanadigan energetikaga asoslangan dunyo va iqtisodiyot energiya bozorlarida o‘z o‘rnini egallash va raqobatbardoshlikka erishishning kalitidir. Qayta tiklanadigan energetikaga sarmoya kiritish, garchi dastlab qimmat bo‘lsa-da, yillar davomida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda g‘alaba qozonishimizga yordam beradi.

Qayta tiklanadigan energiya olamida ulkan qadamlarni tashlagan va ular tufayli issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan ko‘plab Yevropa shaharlari mavjud.

Demak, biz ham qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilishimiz zarur.

Biz zamon bilan hamnafas bo‘lib, ekologiyani asrashni o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, qayta tiklanuvchi elektr energiyasidan samarali foydalanishimiz kerak. Men barchangizni munosib nomzodga ovoz berishga chaqiraman. ”

 

Nargiza Salomova, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati atrof-muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘limi boshlig‘i:

“O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning saylovoldi dasturidagi “Yer bizni boqadi” g‘oyasi qishloq xo‘jaligi taraqqiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Albatta, qishloq xo‘jaligida tashabbuslar tufayli yangi marralarga erishishimiz mumkin. Ayniqsa, nomzod ilgari surayotgan aqlli qishloq loyihasi ham kelajak faravonligi va xalqning boy bo‘lishi uchun muhim loyihadir. Bu borada ilmli yoshlar safini kengaytirib, qishloq xo‘jaligi sohasining tilini yaxshi tushunadigan kadrlarni tarbiyalashimiz ham kerak. Bu masalaga nomzodimiz ham o‘z saylovoldi dasturida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Men hammani yaqinlashib kelayotgan prezident saylovida faol ishtirok etishga va o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishga chaqiraman.”

 

Xayrullo Baqoev, Navoiy viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari:

"Narzullo Oblomurodov ekologiya sohasida vakolatli davlat organining birinchi o‘rinbosari sifatida viloyatimizda ko‘p marta bo‘lgan. Har bir safarlarida muhim ekologik muammolarni ijobiy hal qilib berishga erishganlar. Bugungi kunda viloyatdagi chiqindilar muammosi bo‘ladimi, moliyaviy masala bo‘ladimi yoki kadrlar muammosi bo‘ladimi, sohadagi barcha muammolarni hal etilishida ushbu shaxsning mehnatlari sabablidir. Bugungi iqlim o‘zgarishi sharoitlari va antropogen ta’sirlar natijasida viloyatimiz hududida ham yashillikning kamayishi, atmosfera, yer va suv resurslarining ifloslanishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, viloyatimizning olis cho‘l hududlarida ichimlik suv tanqisligining mavjudligi ham bizga bugun ekologik muammolar haqida jiddiyroq o‘ylaydigan vaqt yetganligi haqida eslatib turibdi."

 

Rustam Rasulov, “Yoshlar parlamenti” a’zosi:

“Yoshlar har doim davlatning e’tiborida bo‘lgan qatlam hisoblanadi. Ertangi kun yoshlari, albatta har jihatdan ilg‘or bo‘lishi zarur. Shu maqsadda ekologiya sohasini yaxshi biladigan va atrof-muhit muhofazasida yangi izlanishlar qiladigan yoshlar safini kengaytirish ham ustuvor vazifa. Bu borada Narzullo Oblomurodov yoshlar bilan uchrashuvlarida doim ta’kidlaydi. Nomzodning xotin- qizlar ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirish bo‘yicha aytayotgan tashabbuslari, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish bo‘yicha g‘oyalarini amalga oshirish kun tartibidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Ertangi kunimiz uchun o‘zimiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish orqali kelajak tanlovimizni amalga oshiramiz. Bu borada barchani faollikka chaqiraman.”

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov navoiylik saylovchilar uchrashuvi davomida Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasi 2-sonli tibbiy saniratiya qismi o‘latga qarshi kurashish stansiyasi boshlig‘i, Viloyat Kengashi deputati Artyom Dmitriev va Konimex tumani  “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi” boshlig‘i o‘rinbosari Sattibala Napisova ZOOM ilovast orqali nomzodning dasturiga o‘z munosabatlarini bildirishdi. Jumladan, ular dasturdagi atrof-muhit va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini amaliyotga joriy etish borasida ham fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Narzullo Oblomurodovning navoiylik saylovchilar bilan saylovdi uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. 

Uchrashuv qizg‘in muhokamalarga boy o‘tdi.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmat

birds birds