Sanitariya-ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir

Joriy yilning 20 - aprel kuni O‘zbekiston ekologik harakati hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi Olmazor tumani partiya tashkiloti tomonidan «Toshkent shahar Olmazor tumanidagi maxallallarda aholini sanitariya-ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy sheriklik» loyixasi doirasida Poytaxtimizning Olmazor tumani “Baxtiyor makon” 120 - sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tadbir yushtirildi.
Tadbirda O‘zbekiston ekologik harakati, O‘zbekiston ekologik partiyasi, Olmazor tumani MTB vakillari, hamda Olmazor tumani “Baxtiyor makon” 120 - sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, ushbu muassasa tarbiyachilari va bolalar ishtirok etdilar.
Tadbir boshida bog‘cha xududida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi. Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga daraxtni qanday ekishni, suv quyushni ko‘rsatib berildi, ular ham katta qiziqish va zavq bilan ishga kirishishdi. Zero kattalar farzandlar uchun namuna bo‘lmog‘i lozim.
Ekologik tarbiyaning ilk negizi oiladan boshlanishi kerak. Farzandlarimizga yoshligidanoqona tabiatga, bizni o‘rab turgan tevarak atrofga g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgatishimiz zarur. Farzandlarimiz uyda onalari gullarni parvarish qilayotganini, otalari esa jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilayotganini ko‘rsa, kelajakda ular ham xuddi shunday qilishadi.
Tadbir davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilariga “Ozodalik sog‘lik garovi” mavzusida davra suxbati o‘tkazildi. Bolalarga yuqimli kasaliklarni oldini olish uchun ko‘chadan kelganda, ovqatlanishdan oldin yuz qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvish, faqat qaynatilgan suv ichish, badantarbiya mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanish, hamda bolalarga ota onalariga eslatma tarikasida ozadalikga rioya qilish, suvni va elektr energiyasini tejash, belganmagan joyga chiqindi tashlamaslik, ishlatilgan kog‘ozlarni yig‘ib, ularni qayta ishlashga topshirish, draxt va gullar ekish, hayvonot olami vakillariga ozor bermaslik kabi tushunchalar takidlab o‘tildi.
Tadbir so‘ngida bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan konsert dasturi uyushtirildi.
Bunday tadbirlar farzandlarimizga atrof muhitni asrashda kuzatuvchi emas, balki ishtirokchi bo‘lishga undaydi
Birgalikda tabiatga g‘amxo‘rlik qiling!
O‘zbekiston ekologik harakati