calendar 06 Iyul 04:31

Konstitutsiyaviy islohotlar — ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarni himoya qilishga qaratilgan

Xabaringiz bor, mamlakatimiz boʼylab “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bagʼishlangan turli tadbirlar davom etmoqda. 

 

 

Аna shunday muhokamalardan biri Namangan viloyati “Yoshlar ziyo maskani”da boʼlib oʼtdi.

 

Unda Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʼmitasi raisi oʼrinbosari Аbdushukur Hamzaev ishtirok etib, ushbu qonun loyihasi doirasida qilinayotgan ishlar, Konstitutsiyasining qaysi bob va moddalariga oʼzgartirish hamda qoʼshimchalar kiritilayotganli, aholidan boʼlayotgan takliflar, qonunning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berib oʼtdi. 

 

 

Shuningdek, Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub boʼlgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan normalarga aylanishi taʼkidlandi.

birds birds