calendar 07 Fevral 04:35

Yangi saylangan deputat tashabbusi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Baxtiyor Xajixanovning tashabbusi bilan Yunusobod tumani «Yunus-ota» mahallasi hududida joylashgan kollej binosi va «Ahmad-Donish» mahallasidagi 247-sonli maktabda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 

 

Mazkur tibbiy ko‘rik uchun respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya markazi, Toshkent shahar o‘smirlar dispanseri va shahar tuman DPM malakali tibbiy xodimlari jalb etildi.

Shu bilan birga tibbiy ko‘rikda O‘zbekiston Respublikasi Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mas’ul xodimlari ham ishtirok etishdi. Fondning asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarning bolalarini davolanishi, tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlanishini moliyalashtirishdir.

Tibbiy ko‘rik davomida turli yo‘nalishlar buyicha yosh avlodga malakali mutaxasislar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

 

B.Xajixanov bu kabi tibbiy ko‘riklarni tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazishni rejalashtirgan.

 

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Yunusobod tumani partiya tashkiloti

birds birds