calendar 30 Iyun 11:36

Yashnobod tumanida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Maʼlumki, joriy yilning 25 iyundan boshlab 5 iyulь kuniga qadar “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasiga start berildi.

 


Jumladan, joriy yilning 29 iyunь kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Oʼqchi Olmazor” mahalla fuqarolar yigʼini majlislar zalida Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tumani partiya tashkiloti tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Bosh qomusi – Konstitutsiyaga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha tayyorlangan qonun loyihasi muhokamasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi.

 


Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar va Yashnobod tumani Kengashi vakillari, partiyaning BPT aʼzolari, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari va “Oʼqchi Olmazor” mahalla faollari ishtirok etishdi. 

 


Yigʼilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Olьga Litvinova oʼz nutqi davomida huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan bugungi kunda amaldagi konstitutsiyani davr talablari darajasiga olib chiqish, yaʼni uni tegishli boblar va moddalar bilan oʼzgartirish, zarur qoʼshimchalar kiritish zarurati tugʼilib qolganligini, jahonda roʼy berayotgan bugungi oʼzgarishlar, aynan shunday yoʼl tutishimiz kerakligini, bu haqda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 20 iyunь kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari ishtirokida oʼtkazilgan yigʼilishda ham alohida taʼkidlab oʼtilganligini qayd etdi.

 


Shuningdek, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti raisi Sevara Fayzieva, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari Tuhfaxon Аmedova, Viktor Аdilov va Аlisher Muborakovlar tomonlaridan oʼtgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub oʼzgarishlar boʼlgani, bu esa Bosh qomusimizda “Yangi Oʼzbekiston-ijtimoiy davlat” tamoyilini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon boʼlishini taʼminlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining oʼrnini konstitutsiyaviy darajaga koʼtarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini koʼrsatayotgani toʼgʼrisidagi hayotiy misollar bilan tushuntirib oʼtildi.

 


Tadbir yakunida Konstitutsiyaviy qonun yuzasidan mahalla faollari 10 ga oʼz takliflarini ham bildirib oʼtishdi.

 

 

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

Yashnobod tumani partiya tashkiloti

birds birds