calendar 28 Iyun 07:05

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi “Maxsustrans” DUK muhokamasida

Joriy yilning 27 iyunь kuni Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Maxsustrans” davlat unitar korxonasida "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokama etildi. 

 


Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi aʼzolari, “Maxsustrans” DUK xodimlari va OАV vakillari ishtirok etishdi.

 


Tadbirni oʼtkazishdan asosiy maqsad -"Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini muhokama etib, hamda aholining fikr va takliflarini qabul qilishdan iborat. 

 


Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nosirjon Аminov oʼtgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy- ijtimoiy va madaniy hayotida tub oʼzgarishlar boʼlganini, bu esa Bosh qomusimizda "Yangi Oʼzbekiston - ijtimoiy davlat" tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon boʼlishini taʼminlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining oʼrnini konstitutsiyaviy darajaga koʼtarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini koʼrsatayotgani boʼyicha maʼruzalar qildi.

 


Shuningdek, “Maxsustrans” DUK boshligʼi maslahatchisi Ismoli Sagdullaev va Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayzievalar xalqimiz tomonidan berilgan takliflar, shuningdek Davlatimiz Rahbarining Komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda "insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʼururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi oʼrinda turishi kerak" degan tamoyil asosida berilgan takliflardan kelib chiqib "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi tayyorlanganligini taʼkidlab oʼtishdi.

 


“Maxsustrans” DUK xodimlari Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida keltirib oʼtilgan, yaʼni hokimlar bir vaqtning oʼzida xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi xaqidagi norma chiqarib tashlanayotganligi, xalk deputatlari Kengashining va hokimlarning vakolatlari alohida mustaxkamlab qoʼyilayotgani boʼyicha kiritilgan takliflarni qoʼllab quvvatladilar. 

 


Tadbir yakunida “Maxsustrans” DUK xodimlari Konstitutsiyaga 15 dan ortiq oʼz takliflarini berishdi.

 

Oʼzbekiston Ekologik partiyasi 

Toshkent shahar Kengashi

birds birds