calendar 28 Oktabr 15:36

O‘zbekistonning eng havosi iflos hududlari – xarita

Qaysi viloyatda zararli moddalar atmosferaga eng ko‘p chiqarilayotgani haqida statistik ma’lumotlar e’lon qilindi.

 

Ekologlar xulosasiga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonda atmosferaga jami 924 ming tonna zararli moddalar chiqarilgan.

 

Ekologik jihatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan viloyatlar Toshkent va Qashqadaryo bo‘ldi. Ushbu hududlarda hafoni ifloslantiruvchi moddalarning 60% atmosferaga chiqarilgan. Eng ekologik toza viloyatlar esa - Xorazm, Surxondaryo va Jizzax bo‘lgan.

 

Raqamlarning bunday keskin farq qilishi viloyatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ham bog‘liq. Toshkent viloyatida, an’anaviy ravishda ishlab chiqarish korxonalari ko‘p, shuning uchun ham bu yerda zararli moddalar atmosferaga ko‘p chiqariladi.

birds birds