calendar 27 Iyul 09:19

Konstitutsiya xalqimiz uchun hayot, taraqqiyot va adolat qomusidir

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Kamol Jumaniyozov ishtirokida “Urganch Avto EkoTrans” mas’uliyati cheklangan jamiyatida Konstitutsion islohotlarga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Kamol Jumaniyozov Konstitutsion islohotlarning xalqimiz hayotidagi ahamiyati, undagi bob va moddalarga kiritilayotgan o‘zgarishlar fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini yanada mukammal ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, undagi kiritilayotgan o‘zgarishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo “inson qadri uchun” degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgani, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitusiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirishi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilariga har bir inson ushbu hujjatni meniki, Mening Konstitutsiyam deyishi, unda o‘zini, oilasini, mahallasini, jamiyat va davlatni yillar davomida bezovta qilib kelgan muammolarini yechimini unda ko‘rishi kerakligi, shu sabab ushbu islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi lozimligi aytildi.

birds birds