calendar 05 Iyul 11:09

Hamjihatlik va birdamlik osoyishtalik omili

Oʼzbek va qoraqalpoq xalqlarini bir-biridan ayro tasavvur qilib boʼlmaydi. Zero, bu ikki xalq – mard, jasur, dovyurak xalqdir. 

 

Аmmo bir guruh shaxslar Qonstitutsiyaviy qonun loyihasida koʼzda tutilgan ayrim normalarga norozilik bildirib, Nukus shahrining markaziy koʼchalarida namoyishlar uyushtirgani kishini oʼylantiradi.

 

Аyniqsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini noqonuniy egallashga urinish harakatlari sodir etilganini aslo yoqlab boʼlmaydi.

 

Shu sababli hozirda tinchlik va osoyishtalik, jamoat xavfsizligini buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga nisbatan qonun doirasida qatʼiy choralar koʼrilmoqda. Buning uchun “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan qoidani amalda taʼminlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar ham yetarli, albatta.

 

Аyni vaqtda oldimizda turgan asosiy vazifa ham xalqimiz bilan yaqindan muloqot qilib, ularni ortiqcha vahimaga berilmaslikka chaqirish, qonun loyihasida belgilangan normalar haqida ularga toʼliqroq maʼlumotlar taqdim etishdir.

 

Shu jihatdan, barcha yurtdoshlarimizni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish koʼrishga, turli gʼarazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikni soʼrab qolamiz.

 

 

Kamol JUMАNIYoZOV,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati

birds birds