calendar 12 Aprel 07:40

"Yashil makon" umummilliy loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kamol Jumaniyozov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati hamda tuman, shahar partiya tashkilotlari raislari ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, yurtboshimiz olib borayotgan islohotlar to‘g‘risida, shu jumladan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

O‘tkazilgan davra suhbati davomida partiya xodimlari va faollariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amal oshirilayotgan ishlar, atrof-muhitni asrash, ko‘chat ekish tadbirlarida faol bo‘lish haqida so‘z yuritilib, kelajak avlodga yaxshi tabiiy sharoit qoldirish har bir fuqaroning burchi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Bugun shuningdek, K. Jumaniyozov Termiz tuman partiya tashkiloti faoliyati, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini jamaotchilikka yetkazish borasida qilinayotgan ishlar, partiyaning a’zolar sonini ko‘paytirish borasidagi amaliy tadbirlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

birds birds